Ma’lumotlaringiz haqida.
eMaktab Savol yordamchisi 2.0.0. Amal qilish sanasi: 23-oktabr, 2026-yil.
Tanlangan ma’lumotlar
Faqat siz olgan ekran rasmi, qo‘shgan rasmlaringiz va qo‘shimcha izohingiz ishlatiladi. Ular “Yuborish” bosilganda HTTPS orqali shaxsiy VPS’ga, keyin tanlangan AI xizmatiga yuboriladi. Brauzer tarixi, boshqa sahifalardagi yozishmalar, parollar va cookie’lar yig‘ilmaydi.
AI xizmatlari
Codex — GPT-6.1 Sol high; Antigravity — Gemini 3.8 Flash high. VPS’da egasi ulagan hisoblar ishlatiladi. Hisob kirish tokenlari serverda qoladi va kengaytmaga qaytarilmaydi. Provayderlarning o‘z ma’lumot saqlash va foydalanish shartlari alohida qo‘llanadi.
Sessiya xotirasi
Har bir brauzer va AI uchun alohida sessiya yaratiladi. Shu AI’dagi keyingi savollar oldingi suhbatni davom ettiradi. Yuklangan rasm fayllari so‘rovdan so‘ng tozalanadi; suhbat konteksti sessiya tarixida saqlanishi mumkin. “Xotirani tozalash” joriy AI’dagi ishni bekor qilib, yangi sessiya yaratadi va eski sessiya papkasini jarayon tugagach o‘chiradi. Bu provayderning o‘z tizimidagi ma’lumotni o‘chirishni anglatmaydi.
Ulash kaliti
Shaxsiy paket serverga kirish kalitini o‘z ichiga oladi. Uni boshqalarga yubormang: u egasining AI hisoblari bilan savol yuborishga imkon beradi. Ommaviy paket kalitsiz tarqatiladi. Qo‘lda kiritilgan kalit va brauzer identifikatori local storage’da saqlanadi, sinxronlanmaydi. Mahalliy rasmlar va javob session storage’da saqlanadi; mavjud bo‘lmasa local storage ishlatiladi.
Ruxsatlar
activeTab — sizning bosishingiz bilan hozirgi sahifani rasmga olish uchun. storage — rasmlar, javob va sozlamalar uchun. alarms — serverdagi ish holatini panel yopilganda ham tekshirish uchun. emaktab.project.scorestudio.shop ruxsati — tasdiqlangan serverga rasm yuborish va natija olish uchun. ChatGPT/Gemini sahifalarini o‘qish yoki boshqarish ruxsati yo‘q.
Sayt va jurnallar
Server odatiy ulanish jurnallarida IP, vaqt va so‘ralgan manzilni qayd qilishi mumkin. Shaxsiy paket yuklash yo‘li uchun Nginx access log o‘chirilgan. Rasm mazmuni va hisob tokenlari odatiy access log’ga yozilmaydi. Reklama, analitika va kuzatuv cookie’lari yo‘q.
Javob aniqligi
AI xato qilishi mumkin. Qayta tekshiruv belgisi modelning tekshiruvini bildiradi; mutlaq kafolat emas.