# eMaktab 2.0 — Codex va Antigravity

Kompyuterdagi Chrome, Edge, Brave, Opera yoki Vivaldi:

1. Shaxsiy emaktab-personal.zip paketini yuklab olib papkaga oching.
2. Chrome’da chrome://extensions, Edge’da edge://extensions sahifasini oching.
3. Developer mode’ni yoqing, Load unpacked’ni bosing.
4. Ichida manifest.json bor ochilgan papkani tanlang va eMaktab belgisini mahkamlang.
5. Panelda AI’ni tanlang: Codex — GPT-6.1 Sol high yoki Antigravity — Gemini 3.8 Flash high.
6. Ekran rasmini oling yoki rasm qo‘shing. Savol va barcha variantlar ko‘rinsin.
7. Yuborish’ni bosing. Javob shu panelda chiqadi, boshqa tab ochilmaydi.

Shaxsiy paket serverga oldindan ulangan. Uni boshqalarga yubormang: u sizning
AI hisoblaringizdan foydalanish huquqini beradi. Ommaviy emaktab-chromium.zip
paketida ulash kaliti yo‘q; u uchun sozlamalarga server egasining kaliti kiritiladi.
Bu OpenAI yoki Google API kaliti emas. Hisoblarning OAuth tokenlari faqat VPS’da.

Oddiy foydalanish:

Yangi savol shu AI’dagi oldingi suhbatni davom ettiradi. Har bir brauzer va AI
uchun alohida sessiya mavjud. Xotirani tozalash tanlangan AI’da yangi suhbat
boshlaydi, oldingi sessiya fayllarini serverdan va mahalliy rasmlarni paneldan
o‘chiradi. Ikkinchi AI sessiyasi saqlanadi. Provayderning o‘zida saqlangan
ma’lumotlar uning shartlariga bog‘liq.

Panelni yopish mumkin: savol serverda ishlanadi. Tayyor bo‘lganda belgida ✓
paydo bo‘ladi. Cancel so‘rovni bekor qiladi. Javobni nusxalash va izohini ochish mumkin.

Yangilash:

Yangi ZIP’ni oldingi kengaytma papkasiga ochib, chrome://extensions sahifasida
eMaktab kartasidagi qayta yuklash belgisini bosing. Versiya 2.0.0 bo‘lsin.
Chrome yangi server manziliga ruxsat so‘rasa, uni tasdiqlang. Yangi papkaga
o‘rnatilsa, brauzer uni yangi kengaytma deb hisoblab yangi sessiya boshlashi mumkin.

Firefox 142+: emaktab-firefox.zip’ni oching, about:debugging#/runtime/this-firefox
sahifasida Load Temporary Add-on orqali manifest.json’ni tanlang. Ushbu vaqtinchalik
paket sozlamalarda server ulash kalitini talab qiladi; doimiy o‘rnatish uchun AMO imzosi kerak.

Safari macOS’da alohida native paket va imzolashni talab qiladi. Mobil Chrome/Edge
uchun ushbu kompyuter paketlari o‘rnatilmaydi. Qisqa tugma: Alt + Shift + E.
VPS’dagi hisoblarning modelga kirish huquqi va foydalanish limitlari qo‘llanadi.
AI xato qilishi mumkin; qayta tekshiruv belgisi mutlaq to‘g‘rilik kafolati emas.
